U-23 Osiyo kubogiga qur'a tashlandi. Guruhda Vetnam, Kuvayt, Malayziya bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
23 noya 2023, 14:23
Musobaqa keyingi yil Qatarda bo'lib o'tadi.

 Qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "D" guruhidan joy oldi. Guruhda Vetnam, Kuvayt, Malayziya bilan kuch sinashamiz.


"A" guruhi: Qatar, Avstraliya, Iordaniya, Indoneziya.

"B" guruhi: Yaponiya, Koreya Respublikasi, BAA, Xitoy.

"C" guruhi: Saudiya Arabistoni, Iroq, Tailand, Tojikiston.

"D" guruhi: O'zbekiston, Vetnam, Kuvayt, Malayziya.


Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo kubogi 2024 yilning 15 aprelidan 3 mayiga qadar Qatar yashil maydonlarida bo'lib o'tadi. 

Mazkur turnirda eng yaxshi uchta o'rinni egallagan jamoa 2024 yilgi Parij Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi, to'rtinchi o'rinni egallagan jamoa esa Afrikaning Gvineya jamoasiga qarshi pley-off bahsida maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia