U-23 Osiyo chempionati. O'zbekistonning raqiblari ma'lum

Narzulla Saydullayev
12 sen 2015
Bugun Qatar poytaxti Doxa shahrida keyingi yil bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

"A" guruhi - Qatar, Suriya, Eron, Xitoy

"B" guruhi - Saudiya Arabistoni, Yaponiya, KXDR, Tailand

"C" guruhi - Iroq, Janubiy Koreya, O'zbekiston, Yaman

"D" guruhi - Iordaniya, Avstraliya, BAA, Vetnam

Eslatib o'tamiz, Qatardagi Osiyo chempionati 2016 yilning 12-30 yanvar kunlari Doxa shahrida bo'lib o'tadi. 

Ma'lumot uchun, ushbu qita chempionatida sovrinli o'rinni olgan uchta jamoa 2016 yil Rio de Janeyroda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia