U-19 Osiyo chempionati. Husniddin G'ofurov 2ta o'yinda maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2016, 14:43
Ertaga Bahraynda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlanishi haqida xabar berdik.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi dastlabki o'yinni 15 oktyabr kuni Tojikistonga qarshi o'tkazadi.

Jasur Abduraimov ushbu o'yinda ham, 2-turdan o'rin olgan Avstraliyaga qarshi o'yinda ham himoyachi Husniddin G'ofurovning xizmatidan foydalana olmaydi.

Sababi "Neftchi" klubi himoyachisi o'tgan yil Osiyo chempionati saralashi doirasida Shri-Lanka bilan bahsda raqibga tajovuzkor harakat qilgani uchun qizil kartochka olgan va 3ta o'yinga chetlatilgan edi. O'sha saralashda bitta uchrashuvda diskvalifikaciyasini o'tagan. Bu yilgi Osiyo chempionatining dastlabki 2 uchrashuvida ham G'ofurov sheriklariga yordam bera olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia