U-19 Osiyo chempionati. Chorak final juftliklari ma'lum

Narzulla Saydullayev
21 okt 2016, 23:30
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining barcha chorak finalchilari nomi ma'lum bo'ldi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalda Eron bilan hisob-kitob qiladi. Tojikiston esa Yaponiya bilan o'ynaydi. Musobaqa mezboni Bahrayn esa Vetnamga qarshi maydonga tushadi. Nihoyat Iroq yoshlari Saudiya Arabistoni bilan bellashishadi.

Eslatib o'tamiz, yarim finalga chiqqan 4 jamoa keyingi yil Janubiy Koreyada o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Chorak final juftliklari
23 oktyabr
18:15 - Iroq - Saudiya Arabistoni
21:15 - Bahrayn - Vetnam

24 oktyabr
18:15 - Yaponiya - Tojikiston
21:15 - O'zbekiston - Eron

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia