U-19 Osiyo chempionati. Bugun Tojikiston o'ynaydi

Xayrulla Xoliqov
20 okt 2018, 13:37
Indoneziyada bo'lib o'tayotgan U-19 Osiyo chempionatining 1-tur bahslari davom etmoqda.

"A", "V" va "S" guruhlarida 1-tur bahslari tugadi. Kecha kunning ikkinchi yarmida ikkita uchrashuv o'tkazildi. Yaponiya KXDRga qarshi bahs olib borib, 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Janubiy Koreya esa Avstraliya bilan 1:1 o'ynadi. 

Bugun "D" guruhida dastlabki tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Saudiya Arabistoni Malayziyani sinovdan o'tkazsa, yon qo'shnilarimiz Tojikiston Xitoyga qarshi maydonga tushadi. 

"A" guruhi. 1-tur. 18 oktyabr
BAA - Qatar 2:1
Indoneziya - Xitoy Taypeyi 3:1 

"V" guruhi. 1-tur. 19 oktyabr
Iroq - Tailand 3:3
Yaponiya - KXDR 5:2 

"S" guruhi. 1-tur. 19 oktyabr
Vetnam - Iordaniya 1:2
Janubiy Koreya - Avstraliya 1:1

"D" guruhi. 1-tur. 20 oktyabr
Saudiya Arabistoni - Malayziya
Tojikiston - Xitoy

"A" guruhi - Indoneziya, BAA, Qatar, Xitoy Taypeyi
"V" guruhi - Yaponiya, Iroq, Tailand, KXDR
"S" guruhi - Vetnam, Janubiy Koreya, Avstraliya, Iordaniya
"D" guruhi - Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Xitoy, Malayziya

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia