U-19 Osiyo chempionati A saralash guruhi. Qatar - Hindiston 2:0

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 23:00
Bugun U-19 Osiyo chempionati-2014 "A" saralash guruhida 1-tur yakunlandi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi dam olgan turda ikkita o'yin bo'lib o'tdi. Oldinroq Turkmaniston yoshlari Nepal ustidan irodali (2:1) g'alabaga erishgani haqida xabar bergandik.

Saralash mezboni hisoblangan Qatar yoshlari esa Hindiston darvozasiga javobsiz ikkita gol urishdi - 2:0.

Eslatib o'tamiz, Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralashni 6 oktyabr kuni Turkmanistonga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Shu kuni Nepal Hindiston bilan o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia