U-17 Osiyo Kubogi. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi aniq bo'ldi(mi)?

Mirjalol Normatov
10 apr 2025, 22:35
U-17 Osiyo Kubogining B guruhidagi uchrashuvlar yakuniga etdi.

So'nggi tur qizg'in o'tdi. Yakunda 4 ochkodan to'plagan jamoalar dastlabki uchta o'rinni egalladi. Unga ko'ra, 3-turda mag'lub bo'lgan Yaponiya guruhni peshqadam sifatida yakunladi. 

Yaponiya - Avstraliya

Gollar: Asuto Fujita (7), Daichi Tani (86) - Miles Milliner (51), Maks Anastasio (71), Aleksander Garbovski (81).

Vetnam - BAA 1:1

Gollar: Duy Kang Xoang Trong (23) - Hazaa Faysal Mahdi (87).

Ikkinchi o'rinni esa OFK rasmiy sayti tomonidan Avstraliya qo'lga kiritilgani tasdiqlangan. Biroq chorak finalda O'zbekistonga raqib sifatida BAA termasi keltirilgan.

Demak, O'zbekiston termasining raqibi BAA bo'ladi. Uchrashuv 13 aprel kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia