U-17 jahon chempionatida yarim final juftliklari ma'lum

Xayrulla Xoliqov
12 noya 2019, 11:14
Bugun bo'lib o'tgan ikkita uchrashuvdan so'ng Braziliyada bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida 1/2 finalga chiqqan jamoalar ma'lum bo'ldi.

Saytimiz orqali chorak finalning dastlabki ikki o'yinida Gollandiya Paragvayni 4:1, Meksika esa Janubiy Koreyani 1:0 hisobida mag'lub etgani haqida xabar bergandik. Keyingi ikki bellashuvda Fransiya Ispaniya ustidan yirik 6:1 hisobida zafar quchgan bo'lsa, Braziliya U-17 terma jamoasi Italiya darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi. 

1/4 final o'yinlari: 

Gollandiya - Paragvay 4:1

Janubiy Koreya - Meksika 0:1

Ispaniya - Fransiya 1:6

Italiya - Braziliya 0:2


Shunday qilib yarim finalga chiqqan jamoalar va juftliklar ma'lum bo'ldi. 

1/2 final o'yinlari:

Meksika - Gollandiya (15 noyabr) 

Fransiya - Braziliya (15 noyabr)

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia