U-17 jahon chempionati. Janubiy Koreya chorak finalga yo'l oldi

Xayrulla Xoliqov
6 noya 2019
Braziliyada bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining pley-off uchrashuvlari boshlandi.

OFK nomidan musobaqada ishtirok etayotgan Janubiy Koreya U-17 terma jamoasi 1/8 final bahsini Angolaga qarshi o'tkazib 1:0 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo'l oldi. O'yindagi yagona gol 33-daqiqada Choi Min Seo tomonidan kiritildi. 

1/8 finalning yana bir o'yinida Gollandiya Nigeriyani 3:1 hisobida mag'lub etib, bu jamoa ham keyingi bosqichga chiqdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: fifa.com