Tuxel: “O'zimni noqulay his qilmoqdaman”

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2022, 10:00
“FIFA The Best-2021” marosimida yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan “Chelsi” ustozi Tomas Tuxel mazkur nominaciyada g'olib bo'lgani haqida fikr bildirdi.

“Butun kunni klub bazasida o'tkazgandim. Natijalar e'lon qilinishidan biroz oldin esa mashg'ulotlardan qaytdim, chunki ertaga o'yinimiz bor. Keyin esa ismim yozilgan konvert ochildi va men hayratda qoldim. O'zimni noqulay his qilmoqdaman. Shuni aytmoqchimanki, “Chelsi”da ishlash menga yoqadi, bu sarguzashtlardan zavq olmoqdaman”, deydi Tuxel.

Nemis mutaxassis ovoz berish jarayonida Pep Gvardiola (“Man Siti”) hamda Roberto Manchinini (Italiya TJ) ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football London