Tur darvozaboni - Abdumavlon Abdujalilov

Narzulla Saydullayev
5 mar 2018, 11:01
Ko'pgina hollarda turning, oyning yoki yilning eng yaxshi futbolchilari aniqlanadi.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Joriy mavsumdan boshlab biz nafaqat eng yaxshi futbolchilarni, balki eng yaxshi darvozabon nominaciyasini alohida e'lon qilamiz.

Chunki eng yaxshi futbolchi nominaciyasida darvozabonlarning g'olib chiqish ehtimoli maydonda harakat qilayotgan futbolchilarnikidan ko'ra kam. Shu boisdan ham darvozabonlar ishiga alohida e'tibor qaratiladi.

Superliganing 1-turida darvozabonlarga ko'p ham ish topilmagani haqiqat. Ammo shunday bo'lsada, "Neftchi" posboni Abdumavlon Abdujalilov "Nasaf"ga qarshi bahsda jamoasini ikki marotaba muqarrar gollardan saqlab qoldi. Shu sababli, tur darvozaboni deb Abdumavlon Abdujalilov topildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia