Trent bir necha futbolchilarning sifatlarini birlashtirib, ideal futbolchini yasadi

Mirjalol Normatov
14 noya 2020, 00:12
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold zamonamizning eng yaxshi futbolchilari sifatlarini birlashtirib, ideal futbolchini yasadi.

"Futbolcha o'ylash va chap oyoq - Leo Messi. Leo bugun 5-6ta kategoriyalarda bo'lishi mumkin edi. Chunki uning nozik nuqtasi yo'q.

Eng yaxshi o'ng oyoq - Kevin de Bryuyne. U men qarshi o'ynagan eng zo'r pas oshiruvchi.

Tezlik - Adama Traore. Unga qarshi o'yinda o'zimni bunchalik kuchsiz ekanligimni bilmagandim. U o'z yo'nilishini istalgan tarzda o'zgartira oladi.

Chidamlilik - Jeyms Milner. U hali ham jismoniy tayyorgarlik borasida eng yuqori o'rinda.

Bosh bilan o'ynash - Virjil van Deyk. U jarima zarbalari qiroli.

Kuch - Muhammad Saloh. Uning zarbalari kuchli va chaqmoq kabi tez harakatlanadi. U o'z zarbalari kuchini yaxshi boshqaradi.

Texnika - Neymar. O'z muvozanatini ajoyib tarzda ushlab, raqiblaridan o'tib ketadi. Neymarning gavdasi buning uchun juda mos", - dedi Trent. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal