Traore: "Barselona" doimo uyim bo'lib qolgan"

Mirjalol Normatov
3 fev 2022, 00:30
"Barselona"ning yangi futbolchisi Adama Traore klubga qaytishi borasida gapirdi.

"Barselona" doimo mening uyim bo'lib qolgan. Bazida asosiy jamoa tarkibiga borish uchun boshqacharoq yo'l tanlash kerak bo'ladi. Asosiysi - men qaytdim. Hayotimdan xursand bo'lib ketyapman.

Uyga qaytish - o'zgacha quvonch. 11 yoshligimda ilk marta bu erga kelganman. Endi muxlislarga olam-olam quvonch taqdim qilmoqchiman", - dedi Traore.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal