"Tottenxem" ustozi uchta o'yinchi olishga ishonmoqda
Tolibjon Qosimov
28 avg 2017, 14:40
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klub ushbu transfer oynasida uch nafar yangi o'yinchi olishini ma'lum qilgan.
"Ushbu transfer oynasida bizda kamida uch nafar yangi o'yinchi bo'ladi. Hamma tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda. Ha, transfer oynasi yopilishiga kam vaqt qoldi, lekin nima bo'lishini ko'ramiz", - dedi Pochettino.