

"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi futbolchini bir mavsum sotib olish huquqisiz qo'yib yuborishga rozi. Ayni damda tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.
"Barselona" futbolchining maoshini "Tottenxem" to'liq qoplashini istamoqda. 20 yoshli vinger kataloniyaliklarning eng katta maosh oluvchi futbolchilaridan biri sanaladi. Uning yillik maoshi 10 million evroni tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun, Ansu Fati La Liganing o'tgan mavsumida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.



