Toshkentda o'zbek, qozoq, qirg'iz va belarus klublari ishtirok etayotgan xalqaro turnir boshlandi

Aslanov Jasurbek
1 noya 2022, 23:05
1-6 noyabr kunlari Toshkentda katta xalqaro bolalar futbol turniri o'tkaziladi.

Unda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Belarus klublari ishtirok etadi. 20ta jamoa o'rtasida o'tkaziladigan "Tashkent Cup-2022" musobaqasida umumiy 57ta bahs bo'lib o'tadi.


1 noyabr kuni ushbu turnirning 1-tur o'yinlari o'tkazildi. E'tiboringizga dastlabki tur bahslari, keyingi tur o'yinlari va turnir jadvalini taqdim etamiz.







Dastlabki tur o'yinlarida o'zini ko'rsata olgan yosh futbolchilar tur ramziy terma jamoasidan joy olishdi:

Darvozabon: Chernishev (TSRF)

Himoyachilar: Jumaboyev (Chig'atoy), Abdusoliyev (Nasaf), Movafi (Qayrat), Tursunov (Do'stlik)

Yarim himoyachilar: Melnikov (Jeyran), Sindarov (O.Ahmedov), Abduali (Qayrat). 

Hujumchilar: Nurlambekov (Dordoy), Xalokov (Paxtakor), Sadirjanov (O.Ahmedov)



Bundan tashqari turnir tashkilotchilari 1-turning eng yaxshi uch futbolchilarini ham alohida etirof etishdi. Melnikov ("Jeyran"), Sadirjanov ("Odil Ahmedov FA") va Abduali ("Qayrat")lar ushbu nomga loyiq ko'rildi.


Musobaqa natijalari, turnir jadvali va suratlar bilan turnirning TELEGRAM kanalida tanishib borishingiz mumkin.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia