Toshkentda darvozabon murabbiylari uchun Level 1 xalqaro o'quv-kurslari tashkil etiladi
Tolibjon Qosimov
20 dek 2017, 15:23
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi hamda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamkorligida 25–29 dekabr kunlari Toshkent shahrida futzal bo'yicha darvozabon murabbiylari uchun OFKning Level 1 o'quv-kurslari o'tkaziladi.
Eronlik OFK istruktori Maykl Petros o'quv-kurslarni olib boradi.
Level 1 sertifikatini qo'lga kiritgan futzal bo'yicha darvozabon murabbiylari keyinchalik Level 2 va Level 3 darajalari uchun o'qishni davom ettirish huquqiga ega bo'ladi.