

Tuxel omadli mavsum startidan so'ng PSJning terma jamoalardan chaqiruv olmagan futbolchilariga 16 oktyabrga qadar dam olish imkoniyatini berdi. Nemis mutaxassisi agar jamoa FIFA kunlariga qadar so'nggi uch uchrashuvni o'z foydasiga hal etsa, futbolchilarga qo'shimcha dam olish imkoniyatini berishni vada qilgan. Tomas vadasining ustidan chiqdi. Ma'lumot uchun, PSJ Fransiya chempionatining ketma-ket 9 turida ham g'alaba qozona oldi.



