Tomas Myuller - YCHLda 50ta gol urgan birinchi nemis
Narzulla Saydullayev
9 dek 2021
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tomas Myuller YCHL 6-turida "Barselona"ga qarshi o'yinda (3:0) gol urdi.
Opta nashri xabariga ko'ra, Myuller ushbu musobaqada 50ta gol urgan birinchi germaniyalik futbolchiga aylandi. Qizig'i, futbolchi 8ta golni aynan "Barselona" darvozasiga urgan.