Timur Kapadze: Hozircha Toshkentda dam olayapman

Narzulla Saydullayev
21 noya 2013, 15:46
Aktobening yetakchilaridan biri Timur Kapadze Qozog'istonning sports.kz saytiga intervyu berdi.
- Timur, Siz Aktobe bilan shartnomani uzaytirdingiz? Qancha muddatga?
- Bir yilga uzaytirdim.

- Hozir nima bilan bandsiz?
- Hozir Toshkentda uyimda oilam davrasida dam olayapman.

- Qaysi davlatlarga borib dam olmoqchisiz?
- Ha yo'q. Yaqinda ko'payishamiz. Shu sababli boshqa davlatga bormoqchi emasman.

- O'zbekiston terma jamoasi safida so'nggi ikki o'yinda qatnashmadingiz? Bu kichik tanaffusmidi yoki termadagi faoliyatingizni tugatdingizmi?
- Bu tanaffus emas. Klubdagi so'nggi o'yinda kichik jarohat oldim, shu bois terma murabbiylariga vaziyatni tushuntirdim. Ular to'g'ri tushunib menga dam berishga qaror qilishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz