​Timo Vernerga uchta klub da'vogarlik qilmoqda

30 yanv 2019, 08:40
“Leyptsig”ning 22 yoshli to'purariga birdaniga 3 ta klub da'vogar bo'lib turibdi.

Verner uchun asosiy davoagar sifatida “Bavariya” ko'rsatilayotgan bo'lsa, “Borussiya Dortmund” futbolchiga asosiy tarkibida muqim joy taklif qilib, uni o'z tomoniga og'dirib olmoqchi. Shuningdek, hujumchining xizmatlariga shaxsan “Liverpul” klubi ustozi Yurgen Klopp ham qiziqib qolgan. “Leyptsig” esa Timoni yozda sotib yuborishga tayyor.

Uning transferi 65 mln evroga baholanmoqda.

Verner joriy mavsum “Leyptsig” safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN