Tiago Silva: "Marsel" sharmanda! Ular Neymarni jarohatlashdi"
Tolibjon Qosimov
27 fev 2018
PSJ himoyachisi Tiago Silva Neymarni jarohatlagan "Marsel" jamoasi a'zolarini tanqid qildi.
"Marsel" uchun bu sharmandalik, chunki biz muhim futbolchimizdan ayrildik. Payening hakamga Neymarni jarohatlash istagi borligini aytgani alamli. Bu antifutbol! Paye haqida hech nima demayman. Chunki meni diskvalifikaciya qilishadi", - dedi Silva.