Terri jiddiy jarohat oldi FOTO

Narzulla Saydullayev
5 noya 2017
Himoyachi Jon Terri Angliya chempionshipi 16-turida Sheffild Uensdeyga qarshi o'yinda (1:2) jiddiy jarohat oldi.

36 yoshli futbolchi bahsning 21-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

U to'pig'idagi suyagini jarohatlab oldi. Bir necha soatdan keyin bu qanchalik jiddiyligini bilamiz, – deydi Aston Villa ustozi Stiv Bryus.

The Sun nashri xabariga ko'ra, Chelsi sobiq sardori uch oyga safdan chiqqan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/AVFCOfficial