Terma jamoamiz Sharjaga yo'l oldi yoxud Jeparov va Ahmedov asosiy tarkibda

Narzulla Saydullayev
28 dek 2014, 18:19
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Iroq va O'zbekiston o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoamiz o'yin bo'lib o'tadigan Sharja shahriga yo'l oldi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Server Jeparov va Odil Ahmedov bugungi o'yin asosiy tarkibda boshlashadi. Eslatib o'tamiz, ushbu ikki legionerimiz jarohatlari bois o'tgan bahslarni o'tkazib yuborishgandi.

Iroqqa qarshi o'yinning asosiy tarkibi uchrashuvga yaqin ma'lum bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia