Ter Shtegen: "O'yin uslubimni o'zgartirmoqchi emasman"

Aslanov Jasurbek
21 sen 2015
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o'z o'yin uslubini o'zgartirish niyatida emas.

"Levante" bilan o'yindagi o'sha vaziyatda biz kelisha olmay qoldik. Men gol uchun javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman. "Roma" bilan o'yinda esa bunday deya olmayman. Bu haqda gapirish va fikrlash jurnalistlarning ishi. O'yin uslubimga keladigan bo'lsak, uni o'zgartirmoqchi emasman. Nega bunday qilishim lozim? O'z ishimdan mamnunman" - deydi ter Shtegen.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com