Ter Shtegen operaciya qilinadi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2025, 23:13
Mark Andre ter Shtegen jarrohlik stoliga yotadi.

"Hurmatli muxlislar, men katta fahr bilan "Barselona" libosi va ranglari tushirilgan libosni kiyar ekanman, maydonda va uning tashqarisida, yaxshi-yu yomon kunlarida shu yerdaman.

Bugun men uchun og'ir kun. Garchi men o'zimni yaxshi his qilayotgan bo'lsam-da, barcha og'riqlar o'tib ketmagan. "Barselona" tibbiy shtabi bilan faol muhokamalardan keyin biz tezroq tiklanishning yo'lini topdik - belni operaciya qilish.

Oldingi operaciyadan keyin men 66 kun o'tib maydonga qaytgandim. Bu safar kamida 3 oy futboldan tashqarida bo'laman.

Barchangizni tiklanish jarayoni bilan tanishtirib boraman. Qo'rqmang, men hali qaytaman", - deb yozadi futbolchi o'z tvitteriga.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/mterstegen1