Ter Shtegen "Napoli"ni Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan deb atadi

Alisher
24 fev 2022, 17:52
"Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen "Napoli"ga qarshi Yevropa Ligasi 1/16 final javob o'yini haqida gapirdi.

"Napoli"? Biz Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri haqida gapirmoqdamiz. Ularga qarshi hech bir o'yin oson o'tmaydi. Biz g'alabaga erishish uchun barchasini qilishimiz kerak. 

Xavida qanday o'ynash kerakligi bo'yicha aniq tasavvur mavjud.

Har bir murabbiyning o'z qarashi bor. Bizga qilayotgan ishimiz yoqadi. Biz qilayotgan ishimizga ishonchimiz komil va bu o'zimizga bo'lgan ishonchni ham uyg'otadi", - deydi ter Shtegen.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com