

"Bizda "Liverpul" va "Arsenal"ga qarshi ham yaxshi o'yin bo'lgandi. Ammo bugun jamoaning o'sgani ko'rindi. So'nggi haftada biz qo'shdik va to'p bilan, to'psiz faol harakat qila boshladik.
To'g'risini aytsam, o'yin bunday bo'lishini kutmagandim. Chunki "shporlar" ushbu mavsumda juda yaxshi o'ynashmoqda. Ularning har bir o'yini ajoyib chiqayotgandi.
G'alaba qozonish uchun haqiqatdan ham yaxshi o'ynashimiz kerakligi haqida o'ylagandim, aynan shuni amalga oshira oldik. Biz ajoyib o'ynadik. Umid qilamanki, boshqa o'yinlarda ham mana shunday harakat qilish bo'yicha tamal toshini qo'ydik", - dedi ten Xag.



