Suxrob Ne'matov "Buxoro"ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2014
"Buxoro" ko'rigiga yana ikkita futbolchi kelib qo'shildi. Buxorolik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Suxrob Ne'matov yana "Buxoro"ga qaytdi.
Ushbu futbolchi bir necha yil davomida "Buxoro" jamosi sharafini himoya qilib kelgan, so'ngra Qarshining "Nasaf" jamoasiga o'tib ketgan edi. Ne'matov yarim himoyada harakat qilishidan yaxshi xabardorsiz.

Ikkinchi futbolchi - Shavkat Raimqulov. Ushbu himoyachi faoliyati davomida "Traktor", "Navbahor", "Andijon", "Bundyokor", "Nasaf", "Sho'rtan" hamda "Oq-tepa" kabi jamoalarda o'ynagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfkbuxoro.uz