Superligadagi ikki uchrashuvning mezboni almashadi

Оқил Абдубарноев
22 apr 2022, 19:35
Joriy yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekiston yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqa uchrashuvlariga “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Paxtakor” hamda Qarshidagi “Markaziy” o'yingoh mezbonlik qiladi.

OFK talabiga ko'ra, U-23 Osiyo chempionati uchrashuvlari o'tadigan stadionlar 7 kun avval musobaqa tashklilotchilariga taqdim etilishi lozim.

Shuni inobatga olgan holda Coca-Cola Superliga 11-turi doirasidan o'rin olgan 28 may kuniga belgilangan “Paxtakor” – “So'g'diyona” hamda “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvlarida mezbon almashadi va birinchi davrdagi o'yinlar mos ravishda Jizzax hamda Samarqandda o'tkaziladi. Uchrashuv teletranslyatsiya qilinishini taminlash maqsadida “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi 29 may, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

11-tur 

28 may, shanba

SO'G'DIYONA – PAXTAKOR

29 may, yakshanba 

DINAMO – NASAF.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: pfl.uz