"Turon" "Mashal" o'rtasida kechgan juda zerikarli bahsda durang qayd etildi

Tolibjon Qosimov
25 iyun 2021
Bugun Coca Cola Superligasida 11-tur bahslari start oldi.

Yaypanda "Turon" jamoasi "Mashal"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvdagi jarayonlardan aynan shu sahifada xabardor bo'lib borishingiz mumkin.


Coca-Cola Superliga. 11-tur

"Turon" - "Mashal" 0:0

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Timur Galeev, Daler Tilloev, Alisher To'xtasinov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Bekzod Aripov

"Turon": 87.Akmal Ortiqov, 5.G'iyos Komilov, 8.Sunnatilla Ermatov, 9.Jasur Hakimov(10.Javohir Sohibov, 46), 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.Fozil Musaev, 22.Abdulaziz Abdurashidov, 32.Jahongir Mehmonov, 43.Bo Yong Kim, 55.Dayan Ponevich, 77.Bilol Toshmirzaev.  

Zaxira: 96.Islom Abdullaev, 4.Asliddin Toshtemirov,  21.Orifxo'ja Abduxoliqov, 25.Ismoiljon Ohunjonov, 30.Sinica Babich. 

"Mashal": 12. Shohruh Eshbo'taev, 2. Zafarbek Akramov, 7. Ifeani Ifeani, 8. Mikael Ibe Okoro, 10. Humoyun Murtozaev, 11. Samuel Chigoze (20. Xudoyorxon Sagdullaev, 75), 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 18.Abbos Shodmonov (27. Muhammad Yuldashev,75), 19. Sardor Abduraimov (S), 23.Samandar Shukurillaev.

Zaxira: 1. Botir Nosirov, 13. Shahzod Shaymonov, 22. Sirojiddin Qo'ziev, 33. Sirojiddin Allaev, 77. Ibrohim No'monov, 97. Ruslan Xodjiev, 99. Jahongir Abdusalomov.
Ogohlantirish: 11 -Ifeani Ifeani, 44 -Samandar Shukurullaev, 50 - Jamoliddin Ubaydullaev, 82 -Mikael Ibe Okoro
Chetlatish: Mikael Ibe Okoro 90+2


YANGILASH




UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+2. Chetlatish: Ibiga qizil kartochka ko'rsatildi

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi

82. Ogohlantirish. Mikael Ibe Okoro ogohlantirildi

80. UXXXXXXX. Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyat. Muhammadalining to'rt metrlardan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

75. O'zgarish. Shodmonov va Chigoze o'rniga Sagdullaev va Yuldashev lar maydonga tushishdi

65. Komilov  va Murtozaevlarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda

61. "Turon" qanotdan yaxshi hujum tashkil etdi, biroq Sohibov to'pni to'xtata olmadi

60. Mavsumdagi eng zerikarli uchrashuvlardan biriga guvoh bo'layotgandek tuyilmoqda. Har ikki jamaoni ham durang qanoatlantiradigandek

50. Ogohlantirish. Ubaydullaev ogohlantirildi

48. ZARBAAA. Muzaffar Muzaffarovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi

46. O'zgarish: Javohir Sohibov Jasur Hakimovning o'rniga maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

44. Ogohlantirish. Samandar Shukurullaev ogohlantirildi

40. Birinchi bo'lim yakunlanishiga besh daqiqa qoldi, biroz afsuski hali Yaypanga kelgan muxlislar bitta ham tayinli zarba ko'rishmadi

35. ZARBA. Ubaydullaevning zarbasi noaniq

28. Uchrashuv asosan maydon markazida kechmoqda

24. "Mashal" burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq jarima maydonchasining ichida qo'pollik ishlatildi

15. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tmoqda

11. Ogohlantirish. Ifeani Ifeani maydon markazida qo'pollik ishlatdi va ogohlantirdi

5. Bilolxon Toshmirzaev o'ng qanotdan tezkorlik bilan raqib jarima maydoniga yorib kirib uzatma bergandi, bu vaziyatda to'p Jasur Xakimovga o'tmay qoldi

UCHRASHUV BOSHLANDI!



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia