Superliga. "Navbahor" va "Nasaf" durang o'ynashdi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2018
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlarni kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 15-daqiqada Azizbek Turg'unboevning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi. 

19-daqiqada Ayubxon No'monovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq.

33-daqiqada Azizbek G'anievning zarbasidan so'ng, to'pni Botirali Ergashev ushlab oldi.

53-daqiqada Azizbek Turg'unboevning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

77-daqiqada Azamat Allaniyozovning zarbasi juda xavfli bo'ldi. 

79-daqiqada Slavko Lukichning zarbasidan so'ng, to'pni Botirali Ergashev ushlab oldi. 

86-daqiqada Turg'unboevning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi! 

90-daqiqada Dragan Cheranning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi! 

O'yinda hisob ochilmadi. 




20:00 - “Navbahor” – “Nasaf” 0:0  
7 aprel 2018. Namangan. "Markaziy" stadioni. 15140 tomoshabin
Hakamlar: 
V.Seytlin (Toshkent), T.Galeev (Toshkent), A.Sidorov (Toshkent), R.Lutfullin (Toshkent).
Nazoratchi – S.Ermatov (Toshkent).
Komissar – B.Namozov.

“Navbahor”: 1.Botirali Ergashev, 6.Oston O'runov, 8.Ayubxon Numonov (11.Zohir Pirimov, 69),  10.Aziz Turg'unboev, 12.Nenad Inac (15.Azamat Allaniyozov, 46), 19.Mirzohid G'ofurov. 21.A'zam Aliev, 24.Davron Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Timoslav Payovich, 44.Darko Stanoevich (s).
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 9.Dilshod Jabborov, 14.Ilhom Boydedaev, 17.Sardor Sulaymonov, 23.Behruz Sadilloev, 27.Ravshan Do'smatov, 68.Mirzohid Mamatxonov.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov (17.Doniyor Narzullaev, 78), 20.Islom Kenjaboev (77.Jasur Hasanov, 64), 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (18.Bobir Davlatov, 84), 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran (s), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Sanjar Rashidov, 14.Sharof Muhitdinov, 21.Jahongir Aliev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia