Superliga. "Nasaf" Bekobodda 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda g'alaba qozona olmadi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2018, 21:08
Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

15-daqiqada Bobir Abdixoliqovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Hasan Ro'ziev mezbonlar darvozasi tomon 11 metrlik jarima to'pini belgiladi. Dragan Cheran osongina hisobni ochdi - 0:1.

35-daqiqada Doniyor Narzullaevning oshirib bergan to'pini Bobir Abdixoliqov darvozaga yo'lladi - 0:2. 

40-daqiqada Abbos Otaxonovning tepgan to'pini Quvvatov chiziq ustida qaytarib qolishga erishdi.

Birinchi taym tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

61-daqiqada Shahzod Shaymanov boshlab bergan hujumni Zohid Abdullaev chiroyli tarzda yakunladi - 1:2.

90+4-daqiqada Zabihillo O'rinboev penaltidan hisobni tenglashtirdi - 2:2.



Superliga. 15-tur
12 iyun (seshanba)
19:11 - “Metallurg” – “Nasaf” 2:2
Hakamlar:
X.Ro'ziev, A.Burov, K.Sereda, A.Xudoyberganov.
Nazoratchi – A.Popov.
Komissar – M.Saidqosimov.
Gollar: Dragan Cheran 16 penalti, - 0:1 (Bobir Abdixoliqov). Bobir Abdixoliqov 35, - 0:2 (Doniyor Narzullaev). Zohid Abdullaev 61, - 1:2 (Shahzod Shaymanov). Zabihillo O'rinboev 90+4 penalti, - 2:2.
“Metallurg”: 35.Javohir Ilyosov, 5.Abbosjon Otaxonov, 8.Shaxzod Shaymanov (77.Muhammad Isaev, 60), 10.Islombek Isoqjonov, 15.Zohid Abdullaev, 16.Jasur Hasanov (9.Zabihillo O'rinboev, 30), 20.Dilyorbek Ermatov, 37.Sherzod Fayziev, 55.Akbarjon Ismatullaev (s), 90.Zafar To'raev (7.Suhrob Nurulloev, 55), 91.Pavel Smolyachenko.
Zaxira: 31.Nikita Ribkin, 13.Javohir Esonqulov, 14.Abror Toshqo'ziev, 24.Doniyor Hoshimov, 42.Xudoyshukur Sattorov, 88.Abror Xusinov.
 
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Aziz G'aniev, 7.Odil Hamrobekov, 10.Bobir Abdixoliqov (21.Jahongir Aliev, 83), 14.Sharof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullaev (55.Slavko Lukich, 86), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov (18.Bobir Davlatov, 72), 69.Dragan Cheran (s), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 15.Dilshod Saitov, 20.Islom Kenjaboev, 27.Islom Rashidxonov, 38.Akmal Mozgovoy.

Ogohlantirishlar: Dragan Cheran 7, Zohid Abdullaev 60, G'olib G'aybullaev 77.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia