Superliga. "Buxoro" o'z uyida "Navbahor"ga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
6 may 2018, 21:59
Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlari va natijasini kuzatib borish mumkin.


YANGILASH


90+4. O'yin tugadi. "Buxoro" - "Navbahor" 0:1

90+3. O'zgarish. "Navbahor". Azizbek Turg'unbooev o'rniga Ilhom Boydadaev tushdi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

86. Akbar To'raevga shifokorlar yordam berishmoqda

80. Ogohlantirish. "Buxoro". Artyom Filiposyan

74. Arslonmurod Omonov jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga eta olmadi.

70. ZARBAAA! Mirzohid G'ofurovning 20 metrdan yo'llagan zarbasini Asilbek Omonov bartaraf etib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

65. O'zgarish. "Navbahor". Zohir Pirimov o'rniga Azamat Allaniyozov tushdi 

64. ZARBAAAAAAAA! Burchak to'pidan so'ng Nasimov zarba berdi, Akbar To'raev to'pni qaytardi! Ajoyib seyv! 

58. ZARBAAAAA! Oston O'runov to'pni egallab zarba berdi, biroz noaniq!

56. O'zgarish. "Buxoro". Aziz Ibragimov o'rniga Shahboz Erkinov tushdi 

54. ZARBAAAAAAAAAAA! "Buxoro" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Nasimov yaqin masofadan zarba berdi, Mehmonov tizzasi bilan to'pni chiziq ustidan qaytardi!

52. ZARBAAAAAA! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Qahramonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

50. Maydon egalari katta kuch bilan oldinga o'tishmoqda, Akbar To'raevga bugun ish juda ko'p bo'lmoqda

46. O'zgarish. "Buxoro". Ergash Ismoilov o'rniga Javohir Qahramonov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+3. Birinchi taym tugadi. Hozircha 0:1

45+1. Ogohlantirish. "Navbahor". Tomislav Payovich

45. ZARBAAAAAAAAAAAAA! ERGASH ISMOILOOOV! Uning zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi!

43. Ogohlantirish. "Buxoro". Shavkat Mullajonov

42. Ogohlantirish. "Navbahor". Jahongir Mehmonov

40. ZARBA! Havodan uzatilgan to'pni Filiposyan boshi bila darvozaga yo'lladi, noaniq!

30. Maydonda futbolchilar bir birlarini ayamay o'ynashmoqda.

28. Xavfli vaziyat! "Navbahor"ning xavfli hujumi! Pirimovning uzatgan to'pini Omonov darvozaga borishiga yo'l qo'ymadi.

22. ZARBAAAA! Sanat Shixovnig jarima to'pidan yo'llangan zarbasi noaniq ketdi 

20. Ogohlantirish. "Navbahor". Jahongir Mehmonov

16. Ogohlantirish. "Navbahor". Dilshod Jabborov

16. ZARBAAA! Akbar To'raev to'pni qaytardi!

12. "Buxoro" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda!

11. ZARBAAAAAAAA! Hisob tenglashishi mumkin edi! Arslonmurod Omonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pi zarbaga aylanib ketdi va darvoza to'siniga tegib qaytdi!

10. Sulaymonovning to'p uzatishidan so'ng G'ofurov chiroyli gol muallifiga aylandi.

10. GOOOOOOOOOL! Mirzohid G'ofurov! 0:1

1. Uchrashuv boshlandi. 

- O'yin soat 20:00da boshlanadi




20:00 - “Buxoro” – “Navbahor” 0:1 LIVE
Hakamlar
: A.Risqullaev (Toshkent), T.Galeev (Toshkent), A.Sidorov (Toshkent), A.Xudoyberganov (Toshkent).
Nazoratchi – R.Serazetdinov (Toshkent).
Komissar – B.Aripov.
Gol: Mirzohid G'ofurov 10, - 0:1 (Sardor Sulaymonov).
"Buxoro": Asilbek Omonov, Arslonmurod Omonov, Salamat Qutiboev, Shavkat Salomov, Sanat Shixov, Bahodir Nasimov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Ergash Ismoilov (Javohir Qahramonov, 46), Aziz Ibragimov (Shahboz Erkinov, 55), Sergey Ruseckiy
Zaxira: Akmal Tursunboev, Boburjon Omonov, Nozim Umurov, Rabbim Hasanov, Rahmatullo Berdimurodov, Mirjalol Jumaev, Mirfayz Muhiddinov

"Navbahor": Akbar To'raev, Oston O'runov, Ayubxon No'monov, Dilshod Jabborov, Azizbek Turg'unboev, Zohir Pirimov, Sardor Sulaymonov (Darko Stanoevich, 58), Mirzohid G'ofurov, A'zam Aliev, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich
Zaxira: Mirzohid Mamatxanov, Ilhom Boydedaev, Azamat Allaniyozov, Behruz Sadilloev, Ravshan Do'smatov,

Ogohlantirishlar: Dilshod Jabborov 16, Jahongir Mehmonov 20, Mirzohid G'ofurov 42, Shavkat Mullajonov 43, Tomislav Payovich 45,


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia