Superkubok uchrashuviga OAV vakillarining kirish tartibi xususida

Narzulla Saydullayev
21 fev 2019, 20:48
Xabaringiz bor, O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini 23 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Mamlakat chempioni “Lokomotiv” hamda O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMK jamoalari o'rtasida kechadigan Superkubok o'yini poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi va 16:00 da start oladi. Qayd etish joiz, uchrashuv “Sport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi.

Mazkur uchrashuvga tashrif buyurish niyatida bo'lgan OAV xodimlari 2018 yilgi mavsumdagi akkreditacion kartalari bilan stadionga tashrif buyurishlari mumkin. Shuningdek, o'tgan mavsumda PFLda akkreditatsiyadan o'tmagan, biroq Superkubok bahsini bevosita stadiondan yoritishni istagan OAV vakillariga esa bir martalik akkreditacion kartalar taqdim etiladi. Buning uchun PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga 22 fevral 17:00ga qadar o'z ism-familiyangiz va faoliyat olib boradigan nashringiz nomini yozib yuborsangiz etarli.  

Bir martalik akkreditacion kartalar o'yinoldi matbuot anjumani paytida taqdim etiladi. 2018 yilda akkreditatsiya olgan jurnalistlar esa “Paxtakor” stadioniga o'zlarida mavjud akkreditacion kartalar bilan kirishlari mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz