

APLning yangi mavsumida ham "Manchester Siti" chempion bo'ladi. Sun'iy idrokning talqiniga ko'ra, ikkinchi o'rin "Liverpul"ga nasib etadi. To'rtlikda esa "Tottenxem" va "Chelsi" jamoalari bo'ladi. Keyingi o'rinlarni mos ravishda "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari egallaydi. "Byornli", "Norvich" va "Sheffild Yunayted" jamoalari esa Chempionshipga ravona bo'lishadi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" APLning amaldagi chempioni sanaladi.



