Suness: "MYUning o'yini yaxshi emas, biroq ular g'alaba qozonishdi"

Mirjalol Normatov
11 mar 2018, 18:00
"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Grem Suness APL doirasida jamoaning "Manchester Yunayted"ga mag'lub bo'lgani haqida gapirdi.

"Liverpul" "Old Trafford"da 66 foiz vaqt davomida to'pni o'zida ushlab turdi va mag'lub bo'ldi. Bu esa futbolni boshqachasiga o'ynash mumkinligiga ishoradir. MYU vertikal o'ynamoqda, keyinchalik o'yinni tashlab yuboradi va barcha ishni raqibiga topshirib qo'yadi. Ammo yakuniy ishni o'zlari bajarishadi.

MYUning bunday g'alati turdagi o'yin uslubini tanlayotganidan hayronman. Ularning harakatlari ko'zni quvontirmaydi. "Old Trafford"dagilarga faqatgina natija kerak. Ha, ular g'alaba qozonishdi, buning uchun "Yunayted"ga tan berish kerak", - dedi Suness.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports