Sulsher yirik g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Aziz Tukhtamuradov
30 apr 2021, 09:01
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Roma"ga qarshi o'yindan so'ng (6:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menmcha ish yakunlandi, ammo biz yaxshigina mehnat qildik. Yaxshi o'ynadik, ammo raqib kuchli ekanligini bilardik. Ular ikkita vaziyatdan keyin ikkita gol urishdi, biz bunga imkon yaratib berdik. 

Ikkinchi bo'limda esa juda yaxshi o'ynadik. O'yinda o'z imkoniyatlarimizdan yaxshi foydalandik. 

Biz xarakter ko'rsatdik, o'zimizni yo'qotib qo'ymasdan, kambekni amalga oshira oldik. O'tkazib yuborilgan har ikki golimiz ham bolalarcha xato evaziag bo'ldi. Bunday darajada bunday xatolarni qilib bo'lmaydi", - dedi Sulsher. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC