Sulsher “Tottenxem”ga qarshi durang haqida: “Ranjidim”

20 iyun 2020, 08:15
MYU ustozi “Tottenxem”ga qarshi (1:1) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“G'alaba qozona olmaganimizdan biroz ranjidim. Futbol - juda g'alati sport turi. O'tgan mavsum “shporlar” biz bilan o'yinda 40 daqiqa davomida ustunlik qilgandi. Bugun esa hammasi aksincha bo'ldi. Pogbaning qaytgani yaxshi bo'ldi. U - dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Jarohat sabab u qiyin bo'lgan 10 oyni boshdan kechirdi. Unda o'yinga bo'lgan ochlik mavjud. Uning jamoaga avvalgidan butkul farq qiladigan darajada qaytgani muhim. Pogba Brunu bilan birga o'ynay olishini ko'rsatdi”, - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport