Sterling APLning dekabrdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Alisher
14 yanv 2022, 18:01
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rahim Sterling APLning dekabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.

Angliyalik futbolchining hisobida dekabr oyida APLda 5ta o'yinda 5ta gol va 1ta assist bor.

Sterling bu mukofotni uchinchi marta olmoqda. Oldinroq, u 2018 yilning noyabr oyida shunday nomga munosib ko'rilgan edi.

"Manchester Siti" ayni damda 21 o'yinda 53 ochko jamg'argan holda, APL jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com