

Xenderson jarohati bois oxirgi uchta o'yinda maydonga tushmadi, Starridj esa dastlab shamolladi keyin sonini shikastlab oldi.
Firmino "Arsenal"ga qarshi o'yinda olgan (3:1) jarohati tufayli to'liq mashg'ulot o'tkaza olmayapti. Lovren jarohatidan deyarli qutuldi. Himoyachi so'nggi bor 31 yanvar kuni "Chelsi" (1:1) bilan bahsda maydonga tushgandi.
Yurgen Klopp kechagi matubot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
"Xenderson va Starridj "Siti"ga qarshi o'ynamaydi. Firmino - ko'ramiz, Lovren to'liq tayyor", - deydi Klopp.
"Liverpul" 19 mart kuni safarda "Man Siti" mehmoni bo'ladi.



