"Spartak" bugun Rossiya Kubogidagi ishtirokini boshlaydi

Alisher
16 sen 2020, 16:40
Hamyurtimiz Oston O'runov harakat qilayotgan "Spartak" jamoasi bugun Rossiya Kubogidagi yurishini boshlaydi.

Rossiya Kubogi 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqich 1-tur o'yinlari boshlandi. Evrokuboklarda ishtirok etmayotgan RPL klublari mehmonda MFL klublari bilan 1-turda to'qnash keladi.

"Spartak" "Rodina"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin esa Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi. "Rodina" nominal mezbon sifatida ko'rsatilgan, o'yin esa "Otkritie Arena"da bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Spartak" tarkibida o'zbekistonlik yosh xavbek Oston O'runov to'p tepadi. Jamoaga asta-sekin moslashayotgan futbolchimiz jamoasining so'nggi ikki o'yinida maydonga tushdi.


→ O'YIN TRANSLYATSIYASI


ROSSIYA KUBOGI TURNIR JADVALI BILAN TANISHING


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia