“So'g'diyona”: Tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2017, 07:15
Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi qisqa muddatli tatildan so'ng bugun “So'g'diyona” qarorgohida yig'ildi va mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

Jamoa ikki mahal mashg'ulotlarni olib boradi va murabbiylar shtabi tomonidan rejalashtirilgan o'rtoqlik uchrashuviga hamda 13-turdagi raqib “Navbahor”ga qarshi  tayyorgarlik ko'radi.

Eslatib o'tamiz, jamoa 13-tur uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rish va FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida “Dinamo” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin 9 iyun kuni soat 18:30 da Samarqandda  “Dinamo” stadionida bo'lib o'tadi.

Oliy liganing 13-turida jamoa o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Bahs 14 iyun kuni “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia