

Unda "Buxoro" jamoasi "So'g'diyona"ni mag'lub etdi.
Bizga "So'g'diyona" klubi matbuot kotibasi Dildora Xolbaeva bergan ma'lumotga ko'ra, o'yin 1:0 hisobida buxoroliklar foydasiga hal bo'lgan. Bu haqda sal avval saytimiz orqali xabar bergandik.
Lekin biroz o'tib "Buxoro" kotibasi Gulmira Gulyamova uchrashuvda buxoroliklar 1:0 emas, balki 2:0 hisobida g'alaba qozonishganini ma'lum qildi.
"Buxoro" matbuot kotibasi Gulmira Gulyamova taqdim etgan xabarda shunday yoziladi:
"Jamoamiz Toshkentdagi yig'ini davomida bugun navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Nazorat uchrashuvidagi navbatdagi raqibimiz "So'g'diyona" jamoasi bo'ldi. Bahs bugun soat 11:00 da "Bunyodkor" akademiyasi maydonida bo'lib o'tdi va jamoamiz “So'g'diyona"ni 2-0 hisobida mag'lub etdi.
Nazorat o'yini.
“Buxoro” “So'g'diyona” 2:0.
Gol: Baxriddin Vahobov 54, Sardor Sulaymonov 67
“Buxoro”: Akmal Tursunbaev, Sanat Shixov, Artem Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Sergey Ruseckiy, Robbim Xasanov, Salamat Qutibaev, Shavkat Salomov, , Akobir To'raev, Shaxboz Erkinov, Ergash Ismoilov,
Zaxira: Asilbek Amonov, Shoxijaxon Nasimov, Bobir Amonov, Toxir Shamshitdinov, Olimov Xurshid, Baxriddin Vaxobov, Sardor Sulaymonov , Berdimurodov Raxmatullo
“So'g'diyona”: Shirinboy Abdullaev, Nodir Yo'ldoshev,Sardor Qulmatov, Shoxrux Xolmatov, Dilmurod Karimov, Azamat Isroilov, Sardor Eminov, Mansur Saidov, Arkadiy Galperen, Izzat G'aniev, Sherzod Xakimov

“Buxoro” matbuot xizmati



