Siz bilgan va bilmagan So'nggi imperator - Fedor Emelyanenko haqida

Aziz Tukhtamuradov
3 may 2019, 16:43
Hozirgi zamon MMA olamida ko'pchilik muxlislarga Xabib Nurmagomedov hamda Konor Makgregor nomi qiziq.

Lekin shunday jangchi borki, u qilgan ishni hozirda hech kim uddalay olmagan. XXI asr dastlabki o'n yilligining eng kuchli jangchisi, 2003-2010 yillar davomida MMA olamidagi eng mashhur sportchi. ESPN, Sherdog, Full Contact Fighter, MMA Weekly, Nokaut kompaniyalari tomonidan eng kuchli  aralash qoidalar jangchisi deb e'lon qilingan . Shu davr oralig'ida vaznindan qatiy nazar birinchi raqamli sportchi, So'nggi imperator - Fyodor Emelyanenko.


Yoshligi, sportga qiziqishi, faoliyatini boshlanishi

Fedor 1976 yil 28 sentyabr kuni Ukrainada Vladimir Aleksandrovich oilasida tug'ilgan. Emelyanenko o'n yoshidan sambo va dzyudo bilan shug'ullanishni boshlaydi. Sportga juda kirishib ketganidan kechalari bilan zalda qolib ketardi. Bir necha yildan so'ng Vladimir Voronov boshchiligidagi sport klubga a'zo bo'ldi. Yoshligidan sportga borini berdi, to'liq kuch bilan shug'ullandi. Buning natijasida yigirma bir yoshida sambo bo'yicha Kurskda bo'lgan turnirdan so'ng Rossiya sport ustasi unvonini oldi. Bir yildan so'ng esa Xalqaro toifadagi sport ustasi unvonini oladi. 1999 yilda Rossiya sambo terma jamoasiga taklif qilinadi va terma jamoasi bilan Yevropa chempionligiga erishadi. 2000 yildan boks bilan jiddiy shug'ullanishni boshladi. Shu tariqa Emelyanenko asta-sekinlik bilan MMAga kirib kela boshladi.


RINGS

Yaponiyaning RINGS kompaniyasi Fedor bilan shartnoma imzolagan dastlabki MMA tashkiloti hisoblanadi. RINGS bayrog'i ostida rossiyalik jangchi o'n bir bor oktagonga ko'tarilib,  Rikardu Arona va Renatu Babalu Sobral singari kuchli jangchilarni mag'lub etgan...


Qiziqarli maqolaning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > Siz bilgan va bilmagan So'nggi imperator - Fedor Emelyanenko haqida

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com