
"Inter" rahbariyatiga jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Valter Maccari ko'rsatayotgan natijalar yoqmayapti va klub yozda Maccari bilan hayrlashishi kutilmoqda. "Inter" mavsum yakuniga ko'ra YCHLga beriladigan yo'llanma qo'lga kiritsagina Valter Maccari jamoa rulida qolishi mumkin. Aksincha bo'ladigan bo'lsa, unda Sinisha Mixaylovich jamoaga taklif etilishi kutilmoqda.