Simeone: "Gameyroga Diego Kostani xarid qilmoqchi bo'lganimizni, u esa zaxira varianti bo'lganini aytdim"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2016, 12:34
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Sevilya" hujumchisi Kevin Gameyroni xarid qilishdan oldin "Chelsi" forvardi Diego Kostani jamoa safiga qo'shib olmoqchi bo'lganini tan oldi.

"Ha, klub Kostani xarid qilish ustida ishladi. Ammo buni uddalay olmaganimizdan so'ng Gameyroni o'z safimizga qo'shib olishga kirishdik. Gameyroga telefon orqali biz Kostani xarid qilmoqchi ekanligimizni va u zaxira variantligini aytdim" - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Movistar+