Shvaynshtayger mavsum oxirida MYUni tark etadi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2017, 14:23
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger joriy mavsum yakunlanganidan so'ng klubini o'zgartiradi.

Shvaynshtayger yozda MLS vakili "Chikago Fayr" klubiga o'tadi. Bu haqda AQSH klubi ma'lum qildi. 4 oy oldin Bastian "Fayr" ustozi Velko Paunovich bilan tushlik qilgan edi. Joriy mavsum Angliya Premer-ligasi o'yinlarida birorta ham uchrashuvda ishtirok etmagan futbolchi "Chikao Fayr" bilan 1 yillik bitim imzolaydi va MLSdagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar o'nligiga kiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: squawka.com