Shvaynshtayger AQSHga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2017, 09:45
"Chikago Fayr" klubining yangi a'zosi Bastian Shvaynshtayger AQSHga yetib bordi.

Bu haqda futbolchi tvittyerdagi o'z sahifasida ma'lumot berdi. Shvaynshtayger o'z turmush o'rtog'i tennischi Ana Ivanovich bilan birga AQSHga bordi. 29 mart kuni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, Shvaynshtayger erkin agent sifatida "Chikago Fayr" bilan shartnoma tuzdi. Uning oldingi klubi "Manchester Yunayted" bo'lgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/BSchweinsteiger