Shuhrat Maqsudov: "Musobaqaga tayyorgarligimiz qisqa bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2014, 23:47
O'zbekiston U-22 bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar savoliga javob berarkan, musobaqaga qisqa vaqt tayyorgarlik ko'rilganini qayd etdi.
Shuhrat Maqsudov: Bitta gol o'yin taqdirini hal qildi. Bizga esa, keyingi bosqichga chiqish uchun bitta gol yetmadi. Alamli mag'lubiyat bo'ldi. Biroq yigitlarimiz bor kuchlari bilan harakat qilishdi, ularga rahmat aytaman. Vazifamiz – himoyada bexato o'ynab, vaziyatlardan foydalanish edi. Omadimiz kelmadi. Musobaqaga tayyorgarligimiz qisqa bo'ldi, jismonan juda tayyor emasmiz. Lekin yigitlar bor kuchlari bilan o'ynashdi. Musobaqada futbolchilarimiz juda katta ishtiyoq bilan to'p surishdi, bu meni juda xursand qildi. Terma jamoamizning yarmi 1993 yildan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat. Ular uchun yaxshi tajriba bo'ldi.

O'FF matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia